14 dek 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Uaylder bilan jang uchun joy tanlab qo'ygan
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua amerikalik charm qo'lqop ustasi Deontey Uaylderga qarshi jang o'tkazmoqchi.
"Uaylder u bilan jang qilmoqchi emasligimni aytdi. Ammo, men 13 aprel kuni Londonga bu ishni amalga oshirmoqchiman. Unga Fyuriga qarshi jang qiziqroq. Ammo, Taysonda kamar yo'q. Jang uchun joy tanlab qo'yilgan. Muzokaralar olib borildi, endi esa barchasi kelishib olinishini istayman. Men ularning har ikkisiga qarshi ringga chiqishga tayyorman. Ayniqsa WBC chempioni Deontey Uaylderga qarshi. 13 aprel kuni, "Uembli"da", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : First Take
Fikrlar