26 noy 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Uaylder - Fyuri jangida kimga muxlislik qilishini aytdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua (21-0, 20 KO) 1 dekabr kungi jangda kimga muxlislik qilishi aytdi.
Xabaringiz bor, dekabrning ilk kunida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi.
“Menga qolsa Uaylder g'alaba qozonsin. SHundagina u bilan jang o'tkazish imkoniyatim oshadi. Va bu jang 2019 yilda o'tkazilishini juda ham xohlayman. Ikkimizning jangimizni ko'rishni juda ham ko'pchilik orziqib kutyapti.
Promouterim aytganidek, ikkita jang o'tkazilishi kerak, biri -AQSHda, ikkinchisi - Londonda! Birinchi jangning “Uembli” stadionida o'tkazilish tarafdoriman”, - dedi Joshua Daily Express nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar