12 jan 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA

"Joshua Uaylderga ham, Fyuriga ham yutqazadi"
Britaniyalik sobiq jahon chempioni Amir Xan The Daily Express nashriga bergan intervyusida hamyurti Entoni Joshuaning ushbu vazndagi asosiy raqiblari haqida gapirdi.
"O'ylashimcha, Uaylder ancha jiddiy raqib. Deontey zarba ko'tara oladi. O'zi ham kuchli zarbalar beradi. U juda havfli raqib.
Fyuri ham kuchli va havfli bokschi. Lekin solishtirsak Entoni baribir kuchlirok. U Fyuridan boshqa barcha raqiblarini nokautga uchratgan. Bir so'z bilan aytganda, Tayson ham, Uaylder ham Joshuani mag'lub eta oladi. Men bunga ishonaman", - dedi asli kelib chiqishi pokistonlik bo'lgan Xan.
Havola :
Manba : The Daily Express
Fikrlar