31 jan 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Uayt. Jang bu yil Angliyada tashkil etilishi mumkin
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn Dillian Uaytga qarshi jang bu yil tashkil etilishi haqida gapirdi.
"Biz kelishuvga erishishga juda yaqinmiz. Bahs 13 aprel kuni "Uembli"da o'tkazilmasada, stadionni boshqa kunga band qilamiz. To'qnashuv shu yilning may-iyun oylarida Angliyada tashkil etilishi mumkin. Ishonchim komil, biz kelisha olamiz. Agar kelishuv amalga oshmasa, Joshua iyunda Miller bilan jang qilish uchun Nyu-Yorkka yo'l oladi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar