07 sen 19:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Usik haqida: "U boks tushishni biladi"
Britaniyalik jahon chempioni Entoni Joshua Aleksandr Usik haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"U boks tushishni biladi va jiddiy davogardir. Bazilarning fikricha, Usik nisbatan engilroq divizionda jang qilgani uchun superog'ir vazn toifasiga mos kelmaydi.
Ammo men bunga qo'shilmayman. Agar shunday bo'lganida Floyd Meyvezer kabi yigitlar olti marotaba vaznini ko'tarib, olti vazn toifasida chempion bo'lmasdi.
Eng asosiysi - mahorat va aql. Usik katta emas deb o'ylash noto'g'ri, ahir bu eng asosiysi emas. Usik superog'ir vaznlilar bilan, mening vaznimda jang qilib ulgurgan", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar