27 mar 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Usik va CHisora haqidagi fikrlarini bildirdi
Superog'ir vazn toifasi chempioni Entoni Joshua Usik va CHisora jangi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"O'ylaymanki, CHisora Usikka muammo tug'diradi. Men uning Devid Praysga qarshi jangini tomosha qildim va jang davomida nazoratni qay tarzda ushlab turganini ko'rdim. U bilan sparring o'tkazganman va shuni aytishim mumkinki, u kuchli raqib. U bilan hazillashmagan maqul.
Usik CHisorani to'xtatib qola oladimi? O'ylaymanki, xa. U ringda ajoyib harakatlanadi. Usik yangi avlodning eng yaxshi bokschilaridan biri", - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Usik - CHisora jangi 23 may kuniga belgilangandi. Biroq, koronavirus sabab jang boshqa sanaga qoldirilishi mumkin.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar