29 sen 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua va Fyuri o'rtasidagi jang bo'ladi
Super og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Tayson Fyuriga qarshi bo'ladigan jang haqida gapirdi.
“Bu jang albatta bo'ladi. Bunga yuz foiz ishonaman va vada beraman. Biz bitta vazn toifasida ishtirok etamiz, shu sababli ham bu to'qnashuvdan hech birimiz qocha olmaymiz. Jang o'tkazish uchun eng yaxshi joy - London. Har ikkimiz ingliz bo'lganimizdan keyin jang ham yurtimizda bo'lishi shart”,-dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Joshuaning navbatdagi jangi 7 dekabr kuni Endi Ruisga qarshi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sportarena.com
Fikrlar