08 dek 03:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua va Ruis o'rtasidagi revansh to'liq davom etdi
Saudiya Arabistonida uzoq kutilgan boks oqshomi tashkil etildi.
Unda superog'ir vazn toifasi chempioni Endi Ruis britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi himoya jangini o'tkazdi. Bahs to'liq davom etdi va g'olib yakunda ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Zerikarli kechgan jang yakuniga ko'ra hakamlarining har uchchalasi ham Entoni Joshuaning (118:110, 119:109, 118:110) g'alaba qozonganini qayd etishdi.
SHu tariqa, Joshua superog'ir vazn toifasidagi kamarlarini qaytarib oldi.
Eslatib o'tamiz, u shu yilning 1 iyun kuni AQSHda o'tkazilgan jangda nokaut evaziga Ruisga mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar