23 iyu 16:33
Yangiliklar
Boks/MMA

“Joshua va Uaylder o'nta jangda ham Fyuriga mag'lub bo'ladi”
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murat Gassiev superog'ir vaznning eng kuchli bokschilari haqida fikr bildirdi.
“Fyuri so'zsiz og'ir vaznning qiroli, undan keyin Uaylder va Joshua turishadi. Joshua va Uaylderda Taysonni mag'lub etish uchun hech qanday imkon yo'q. Ular o'nta jangda to'qnash kelishsa ham, barchasida Fyurining qo'li baland keladi. To'g'ri, bular mening taxminlarim, hammaning fikri har xil bo'lishi mumkin”, - dedi Gassiev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar