31 iyu 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: "Yaqin kunlar ichida rasmiy xabar bo'ladi"
Superog'ir vazn toifasidagi jahon chempioni hisoblanadigan Entoni Joshua yaqin vaqt ichida navbatdagi jangi haqida xabar paydo bo'lishini aytdi.
"Yaqin orada rasmiy xabar elon qilinadi", - deya izoh qoldirdi bokschi Tvitterida.
Katta ehtimol bilan, Joshua navbatdagi jangini 11 noyabr kuni ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoga qarshi o'tkazadi. Ushbu jang bokschilar o'rtasidagi revansh bo'ladi. Bungacha sportchilar aprel oyida ringda to'qnash kelgandilar va jangda britaniyalik bokschining qo'li baland kelgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar