08 jan 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuani kuchli raqiblardan qochishda ayblashdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF hamda IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuani kuchli raqiblar bilan jang qilmaslikda ayblashdi.
Bu aylovni yana bir britaniyalik bokschi Dillian Uayt qo'ydi. Uaytning fikricha, Joshua asosan kuchsiz raqiblar bilan jang o'tkazmoqda.
“Men Joshuani CHisora bilan jangdan keyinoq ringga chorlaganman. O'shanda u o'zini eshitmaganlikka olgandi. Uaylder esa Entoni bilan jang qilish rejasi yo'q. U bor etiborini Tayson Fyuri bilan revansh jangiga qaratgan. Joshuaga hamisha kuchsiz raqiblar kerak bo'lgan”, - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, 23 dekabr kuni Dillian Uayt o'ziga tegishli bo'lgan WBC Silver va WBO International chempionlik kamarlarini Derek CHisoradan munosib tarzda himoya qilgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar