06 jan 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning 13 aprel kungi jangi AQSHga ko'chirilishi mumkin
Professional boksning superog'ir vazn toifasida uchta chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Entoni Joshuaning aprel oyiga belgilangan jangi bekor qilinishga yaqin.
Joshua 13 aprel kuni Londondagi “Uembli” stadionida yana bir ingliz bokschisi Dillian Uaytga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Lekin Uaytning aytishicha, “Uembli”dagi jang AQSHga ko'chirilishi mumkin ekan.
“Men ortiq Joshua va uning jamoasini kuta olmayman. 14 yoki 15 yanvar kuni Joshuaning promouteri Eddi Xirn bilan uchrashib, bu masalani hal qilib olamiz.
Eshitishimcha, Entoni 13 aprel kuni Londonda jang o'tkazmas ekan. U Nyu-Yorkka yo'l olib, u erda Jarrell Millerga qarshi ringga chiqadi. Bu xabarni bir necha boks kishilaridan eshitdim”, - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar