30 dek 15:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning aprelga belgilangan jangdagi raqibi elon qilindi
Superog'ir vazn toifasida IBF, WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua o'zining navbatdagi jangini 13 aprel kuni Londonda o'tkazadi.
Britaniyalik bokschining chempionlik himoya jangiga “Uembli” stadioni mezbonlik qiladi. Joshuaning promouteri Eddi Xirn bo'lajak jangda Entoni juda katta ehtimol bilan Dillian Uaytga qarshi ringga ko'tarilishini aytdi.
“Tan olaman, bizni ko'proq Deontey Uaylderga qarshi jang qiziqtirayotgan edi. Lekin amerikalik bokschining o'zi bu jangning o'tkazilishini istamayapti. Bunday holatda biz ortiq kutib o'tira olmaymiz. Dillian Uayt rasman davogar hisoblanadi. Biz unga imkoniyat beramiz”, - dedi Xirn.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar