18 apr 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning jamoasi Milnerning o'rnini egallashi mumkin bo'lganlar ro'yxatini oshkor qildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaga boshqa raqib izlanmoqda.
Britaniyalik jahon chempionining jamoasi Jarrel Millerda doping aniqlanganidan so'ng 1 iyun kuniga belgilangan jang uchun nomzod izlashga tushgan. Hozirda besh nafar bokschining nomi elon qilingan.
Britaniyaning Daily Mail nashri bergan xabarga ko'ra, davogarlar ro'yxatida kubalik Luis Ortis, amerikaliklar Adam Kovnacki va Maykl Xanter, Joshuaning IBF kamariga rasmiy davogar bolgariyalik Kubrat Pulev hamda WBA Regular chempioni Manuel CHarr etirof etilgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar