28 jan 17:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning jangi yozning birinchi kunida o'tkaziladi
Professional boksning uchta yo'nalishida jahon chempioni bo'lib turgan Entoni Joshuaning navbatdagi jangi 1 iyun kuni o'tkazilishi mumkin.
Matbuotda tarqatilgan xabarlarga tayanadigan bo'lsak, Joshuaning promouterlari amerikalik bokschi Jarrell Millerning jamoasi bilan muzokara o'tkazishyapti.
Rejaga ko'ra, ushbu chempionlik jangi 1 iyun kuni AQSHning Nyu-York shahrida o'tkazilishi kerak. Entonining promouteri Eddi Xirn Millerga yaxshigina moliyaviy taklif bergan. Lekin Jarrell bir necha million dollar gonorar xohlamoqda.
Havola :
Fikrlar