12 jan 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning keyingi jangi: ikki raqib va uch sana
Britaniya matbuotida superog'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaning navbatdagi jangi yuzasidan yangi malumotlar paydo bo'ldi.
Bu borada jang uchun ikki raqib va uchta sana aytildi. Entoni keyingi jangida Dillian Uayt yoki Jarrel Millerga qarshi ringga ko'tariladi. Bu 95 foiz aniq malumot.
Agar Uayt varianti tanlansa, u holda ushbu jang 13 aprel kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. "Uembli" bir necha oy oldin Joshuaning jamoasi tomonidan "bron" qilingan. Agar jang Millerga qarshi kechsa, u holda bu bahsga AQSHning Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden" arenasi mezbonlik qiladi. Bu arena ayni paytda 11 va 18 may kunlariga bo'sh.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar