23 iyu 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning promouteri Klichko bilan revanshga yana bir joy topdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua hamda sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko o'rtasidagi revansh jangi AQSHda o'tkazilishi mumkin.
Britaniyalik bokschining promouteri Eddi Xirnning fikricha, revansh jangi uchun eng qulay joy bu - AQSH ekan.
“Bugungi kunda Las-Vegas shahri eng maqbul variant. Bu Klichkoga ham maqul keladi. Uning fikricha, revansh jangi Buyuk Britaniyadan tashqarida o'tkazilishi kerak. Biz Klichkoning talabini qondiramiz”, – dedi Xirn.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar