16 apr 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning promouteri: Maqsadimiz - Uaylder!
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua kelasi yili Deontey Uaylder bilan jang o'tkazadi.
Bu haqda Joshuaning promouteri Eddi Xirn Entonining rejalari haqida berilgan savolga javob bera turib aytgan. Xirnning takidlashicha, britaniyalik bokschining asosiy maqsadi Uaylder bilan jang o'tkazish ekan.
"Agar Joshua va Uaylder jangini tashkil eta olmasak, unda Joshua uchun boshqa raqib topishga majbur bo'lamiz. Lekin bizning Joshua bilan birgalikdagi asosiy maqsadimiz - Uaylderga qarshi jang o'tkazish.
Mening omadim - xohlagan vaqtimda Uaylderning promouteri Bob bilan bu jangni muhokama qilish imkoniyatiga ega ekanligimda. Biz har bir jang uchun alohida shartnoma imzolaymiz. Yaqin orada bu jang ham tashkil etiladi, degan umiddaman", - dedi Xirn.
Havola :
Fikrlar