04 avg 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning promouteri Pulev bilan muzokara olib boryapti
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua o'ziga tegishli IBF chempionlik kamarini majburiy va shu bilan rasmiy davogar bolgariyaliki Kubrat Pulevdan himoya qilishi kerak.
Ayni paytda Joshuaning promouteri Eddi Xirn bolgariyalik bokschining jamoasi bilan muzokara olib boryapti. Avvalroq, Entonining avval Vladimir Klichko bilan revansh jangida ringga ko'tarilishi kutilayotgandi.
Lekin kecha ukrainalik mashhur bokschi professional faoliyatini yakunlaganini rasman elon qildi. Bu bilan o'z-o'zidan revansh jangi bekor bo'ldi. Endi Joshua IBF kamarini Kubrat Pulevdan himoya qiladi.
Malumotlarga ko'ra, ushbu jang 28 oktyabr yoki 11 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Jang manzili sifatida AQSHning Nevada shtati Las-Vegas yoxud Uelsning Kardiff shahri qaralmoqda.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar