25 jan 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning promouteri Uaytga katta gonorar taklif qildi
Superog'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn britaniyalik yana bir bokschi Dillian Uayt bilan olib borilayotgan muzokaralarga to'xtaldi.
Xirn Joshuaning kamariga rasmiy davogar bo'lib turgan Dillianga katta miqdorda gonorar taklif qildi.
“Hozir Uayt bizning taklifimizni qabul qiladimi yoki yo'q, buni bilmayman. Biz unga 5,2 million dollar miqdoridagi gonorarni bera olamiz. Hamma gap Uaytning o'zida qoldi”, - dedi Xirn.
Havola :
Fikrlar