01 okt 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Jozef Parker Dmitrenkoni nokautga uchratdi
Bugun Yangi Zelandiyaning Manukau shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida mezbonlar vakili 24 yoshli Jozef Parker ukrainalik 34 yoshli Aleksandr Dmitrenkoga qarshi ringga ko'tarildi.
Parker birinchi raundda raqibini bir bor, ikkinchi raundda ikki marta raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Jang uchinchi raundda muddatidan avval yakunlandi. Tana qismiga o'tkazib yuborgan kuchli zarbadan so'ng Dmitrenko o'rnidan ko'tarila olmadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar