02 okt 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88983_220.jpg)
Jozef Parkerni o'rgimchak chaqib oldi, CHisoraga qarshi jang qoldirildi
Superog'ir vazn toifasida sobiq WBO yo'nalishi chempioni Jozef Parkerni o'rgimchak chaqib oldi.
Buning natijasida zelandiyalik bokschining britaniyalik Derek CHisoraga qarshi nomalum muddatga kechiktirildi. Ushbu jang 26 oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida o'tkazilishi lozim edi.
Parkerning menejeri Devid Xigginsning aytishicha, bokschini zaxarli o'rgimchak chaqib olgan. Jozefni tekshiruvdan o'tkazgan shifokorlar unga kamida uch hafta mashg'ulotda ishtirok etmaslikni taqiqlab qo'yishdi. CHisoraning promouteri Eddi Xirn esa mijoziga boshqa raqib izlashga tushgan.
Havola :
Fikrlar