29 mar 14:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Jurnalist qiz bo'sa uchun Pulevni sudga berdi
42 yoshli jurnalist Jenni Sushe superog'ir vazn toifasi bokschisi Kubrat Pulevni sudga berdi.
Gap shundaki, bolgariyalik 37 yoshli Pulev 23 mart kungi jangidan keyin Sushega intervyu berib, yakunda jurnalist qizdan bo'sa olgandi. Aftidan Kubratning ruminiyalik Bogdan Dinu ustidan qozongan g'alabasi qimmatga tushadigan ko'rinadi.
Xabarda keltirilishicha, Sushe Gloriya Ollred ism-sharifli advokat yollab, ishni sudga oshirishni so'ragan. Pulev bo'lib o'tgan holatga fikr bildirar ekan, Sushe bilan do'stona munosabatdaligi va bu shunchaki hazil ekanligini aytgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar