14 okt 08:02
Yangiliklar
Futbol

Kabo-Verde terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo'l oldi
Aholisi 600 ming ham chiqmaydigan orol davlat terma jamoasi JCH-2026 final bosqich ishtirokchisiga aylandi.
Bubishta jamoasi Esvatini termasini saralash bosqichining 10-turida 3:0 hisobi bilan mag'lub etdi va guruhda 23 ochko to'plab, birinchi o'rinni egalladi.
Bu Afrika vakili bo'lgan Kabo-Verde uchun tarixidagi ilk Jahon chempionati bo'ladi. JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada kelasi yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar