So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

02 apr 10:10
Yangiliklar

Futbol

"Kakadan keyin "Oltin to'p" yo'q!": Adriano Galliani Italiya futbolidagi tanazzul sabablarini aytdi

Teglar :  ItaliyaJCH-2026
"Milan" klubining sobiq prezidenti Adriano Galliani Italiya terma jamoasining JCH-2026`dan quruq qolganidan so'ng, mamlakat futbolidagi chuqur inqiroz haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, "Skuadra Adzurra" kecha Bosniya va Gercegovinaga imkoniyatni boy berib (1:1, pen. 1:4), ketma-ket uchinchi bor mundialsiz qoldi.

"Seriya A vakili oxirgi marta "Oltin to'p"ni olganida jamoamizda Kaka o'ynardi (2007 yil). Bir paytlar "Milan"da Franko Barezi va Paolo Maldinilar to'p tepardi — hozir esa hamma narsa o'zgarib ketdi. Bugun eshitayotgan yuzaki tahlillarimizdan ko'ra muammo ancha chuqurroq.

1990 yilda Italiya klublari bir mavsumning o'zida ham Evropa chempionlar kubogi, ham Kubok egalari kubogi va UEFA kubogini qo'lga kiritgan edi. O'shanda italyan klublari doimiy ravishda finallarda o'ynardi. Hozir esa ham klublar, ham terma jamoa darajasida pasayish kuzatilmoqda. Statistikani sevuvchi inson sifatida shuni aytamanki, Seriya Ada to'p uzatish tezligi Evropadagi eng past ko'rsatkichlardan biri bo'lib qolmoqda", — dedi Galliani "Sky Sport" efirida.

Italiya futbolining "oltin davri"ni ko'rgan Gallianining bu so'zlari bugungi achchiq haqiqatni aks ettirmoqda. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so'ng Italiya futbolida katta islohotlar davri boshlanishi kutilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing