26 apr 12:13
Yangiliklar
Futbol
"Kalyari" SHomurodovni olib qolmoqchi. "Roma" terma jamoamiz sardoriga narx belgiladi
"Kalyari" klubi rahbariyati so'nggi oylardagi ajoyib o'yinlari sabab Eldor SHomurodovni jamoada saqlab qolmoqchi.
Hujumchining transfer huquqi tegishli bo'lgan "Roma" so'rayotgan pulni Klaudio Raneri jamoasi bera olmasligi mumkin. Rimliklar termamiz sardorining transferidan 8-9 million evro ishlab olishni maqsad qilishgan.
Malumot uchun, SHomurodovning "Roma" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Rimliklar hujumchimizni 2021 yilda 19 million evroga sotib olishgan edi. Joriy mavsum Eldor A Seriyada 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 tadan gol va golli uzatma bor.
Havola :
Fikrlar