06 mar 07:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman Xamzat CHimaevning chempionlik imkoniyati haqida gapirdi
Gilbert Berns ustidan qozonilgan g'alaba Xamzat CHimaevga chempionlik yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun etarli emas deydi yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Kamaru Usman.
«Bu yigit hali eng yaxshi 10 nafar jangchi bilan jang qilgani yo'q va u hech kimni mag'lub etmagan. Menimcha, u chempionlik jangi haqida gapirishdan oldin yana bir nechta jangchini mag'lub qilishi kerak. Lekin, aytganimdek men musobaqalashishni yaxshi ko'raman. Qachonki u bunga tayyor bo'lganda, biz u bilan uchrashamiz», — dedi Usman.
Eslatib o'tamiz, Gilbert Berns va Xamzat CHimaev o'rtasidagi jang 9 aprel kuni Jeksonvildagi UFC 273 turnirida bo'lib o'tadi. Kamaru Usman esa shu yilning yozida Leon Edvardsga qarshi o'z chempionlik unvonini himoya qilishi mumkin.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar