20 mar 11:45
Yangiliklar
Tennis
Kamilla Rahimova Mayami WTA 1000 juftlik bahslarida ham qatnashadi
AQSHning Mayami shahri mezbonligida o'tayotgan, mukofot jamg'armasi 9 mln 415 ming 725 dollarni tashkil etuvchi turnirning juftlik bahslariga qura tashlandi.
Biz uchun ahamiyatlisi, mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova juftlik bellashuvlarida ham ishtirok etadi.
Vakilamiz rossiyalik Aleksandra Panova bilan hamkorlikda ilk davrada musobaqaning ikkinchi raqamli juftligi - chexiyalik Katerina Sinyakova va amerikalik Teylor Taunsendga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
07:39
Rahimova Miami Open asosiy to'r ilk davrasida dunyoning 63-raketkasini osonlikcha mag'lub etdi 0
Fikrlar