05 noy 17:20
Yangiliklar
Kanchelskis O'zbekiston - Rossiya o'yini haqida o'z fikrini bildirdi
Rossiyalik mutaxassis 2018 yildan 2020 yilgacha Namanganning "Navbahor" jamoasida ikki bor ishlagan.
"Qiziqarli o'yin bo'ladi. O'zbekiston Osiyo konfederaciyasida yomon ishtirok etmaydi. Agar jamoa jasorat ko'rsatsa, Rossiyaga o'zbeklar bilan o'yinda qiyin bo'ladi. Menimcha, Toshkentdagi o'yinda stadion to'ladi. O'zbekistonda terma jamoa o'yinlariga tushishni yaxshi ko'rishadi.
O'zbekiston va Rossiyani solishtirish qiyin. Birinchidan, Rossiya bu yilda atigi bitta o'yin o'tkazdi. Ikkinchidan, O'zbekiston Osiyo konfederaciyasida ishtirok etadi va u erda umuman boshqa raqiblar", — dedi Kancheslskis.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston — Rossiya o'yini 20 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionda bo'lib o'tadi. Bahs mahalliy vaqt bilan 17:00da start oladi.
Fikrlar