So’nggi yangiliklar

19:58Микаутадзе Евро гуруҳ босқичининг барча ўйинларида гол урган 9-футболчига айланди 0 19:37Жошуа Усик ва Фьюри ўртасидаги реванш учун ўз тахминини айтди 0 19:16Уиттакер қандай ҳолатда Чимаевга қарши жанг қилишини айтди 0 18:55UFC собиқ жангчиси полиция офицерига айланди + ФОТО 0 18:33Қойил! "Металлург" клуби ходими Бекободда чўкаётган болани қутқариб қолди 0 18:11Дана Уайт: "Ҳозирги рейтинг жуда ҳам аҳмоқона" 0 17:50ИНТЕРВЬЮ. Ильяс Бекбулатов Олимпиада циклига қўйилмагани, Жавраил Шапиевга ёрдам бераётгани ва Жаҳон чемпионатида иштирок этиш ниятида экани ҳақида гапирди 0 17:29Даниэль Дюбуа IBF'нинг тўлақонли чемпионига айланди. У камарини Жошуадан химоя қилади 0 17:08Эрон клуби "Насаф" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда 0 16:47Путинга ўз мезбонлигини таклиф этган Қозоғистон "Фижитал ўйинлари"ни қабул қилмайдиган бўлди 0 16:26Ёшларимиз Осиё Кубогига тайёргарлик кўришяпти + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:05Россиялик машҳур спортчи Ўзбекистон паспортини олиб улгурди. У юртимиз шарафини ҳимоя қилади 0 15:44"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчисига 45 миллион евро тўлашга тайёр 0 15:23Фомин рейтингда ўзидан 1039 поғона қуйида бораёттган теннисчига ютқазди 0 15:02UFC 305 турнирининг яна бир қизиқарли жанги эълон қилинди + ФОТО 0

15 mar 08:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Kanelo - Bivol jangi barbod bo'lish arafasida: rossiyalik Ukrainadagi vaziyat tufayli chetlatilishi mumkin - buni aka-uka Klichkolar xohlayapti

Aftidan, siyosat promouterlarning rejalariga o'z tasirini o'tkazadigandek ko'rinyapti.

So'nggi haftalar rus sporti uchun qiyin kechgani bilan ajralib turibdi: ko'pgina sportchilar sankciyalar ostida qoldi, xalqaro musobaqalar esa birin-ketin Rossiyadan yuz o'girmoqda. Aftidan, inqiroz jang sanatlari olamiga boshqa sport turlariga qaraganda kamroq tasir o'tkazgan ko'rinadi: UFC rahbari Dana Uayt rossiyalik sportchilar bilan ishlashni xohlayotganini ochiq-oydin aytdi, boksda esa allaqachon yuqori darajadagi jang — mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Dmitriy Bivol va Saul Alvares jangi afishasi elon qilindi.

Rossiyalik Dmitriy Bivol yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari sohibi, jang aynan uning kamari uchun o'tkazilmoqda. Kanelo bilan jang Bivolning faoliyatida burilish nuqtasi bo'lishi kerak: meksikalik bokschi The Ring versiyasiga ko'ra jahonda tengsiz, bundan tashqari, u yuqori darajadagi janglarda qatnashish va ikkinchi bor mutlaq chempionlikni qo'lga kiritish maqsadida yangi vazn toifasiga o'tmoqda. Jang allaqachon elon qilinib, bokschilar "sterdaun"ni ushlab turishgan bo'lsa-da, Bivol-Alvares jangi o'tkazilishiga ishonch yo'q.

Gap shundaki, WBA allaqachon rus bokschilariga qarshi ularni reytinglardan chiqarib tashlagan holda sankciya kiritgan. Jahon hamjamiyati ham jangni bekor qilishga chaqirmoqda, sababi Bivol rossiyalik. Aka-uka Klichkolar esa AQSH hukumatidan Bivolni jangdan chetlatishni so'ramoqda.

Alvares-Bivol jangi anchadan buyon muhokama qilinmoqda: rossiyalik bokschi xavfli raqib hisoblanadi, u ushbu jang orqali faoliyatidagi eng katta gonorarini ishlab oladi

Kaneloning so'nggi janglari ko'pchilik muxlislar uchun zerikarli bo'lib qolgan edi. Axir, jangdan avval natija deyarli aniq bo'lar edi. Ko'pchilik Kaleb Plant yoki Billi Jo Sondersni chempionga raqobatchi deb bilgan. Yangi vaznga o'tish Alvares uchun hech bo'lmaganda qandaydir sinov bo'lishi mumkin. Axir, u oltmishta jangning bor yo'g'i bittasida mag'lub bo'lgan. Yagona mag'lubiyat 2013 yilda Floyd Meyvezerdan qabul qilib olingan. So'nggi paytlarda meksikalik bokschi o'rta vazndagi raqiblarini mag'lub eta olmayotgandek tuyuldi.

2018 yilda Kanelo yarimog'ir vazn toifasiga o'tdi va rossiyalik Sergey Kovalyov bilan jang qildi. Kanelo o'z darajasidan anchagina pastlagan Kovalyovni 10-raundda nokautga uchratdi. Vizual ravishda g'alaba ishonchlidek tuyuldi, ammo raund yakunlanishi arafasida hakamlar kartochkasidagi hisob yaqin edi. O'n raunddan so'ng ikki hakam jangni Alvares foydasiga — 96-94 ko'rinishida baholagan edi. Uchinchi hakam esa jangni 95-95 ko'rinishida baholagan edi.

Yangi vaznga o'tish — hatto Kanelo kabi bokschi uchun ham xavf tug'diradi. Ko'pchilik Bivol meksikalik bokschi uchun qiyin raqib bo'lishiga ishonadi. Promouter Eddi Xirn rossiyalik bokschi o'z raqibini xafa qilishi mumkinligini istisno qilmadi:

"Bu jangni Kovalyov bilan bo'lgan jang bilan solishtirmang. Sergey to'g'ri hayot kechirmaganini hamma biladi. Jang paytida u allaqachon qarigan edi va o'z darajasida emas edi. Hozir esa faoliyatining cho'qqisida bo'lgan yarimog'ir vaznli jangchilar haqida gaplashyapmiz. SHunday ekan yashirmayman, juda asabiylashyapman — bu Alvares uchun haqiqatan ham xavfli jang.

Hozirda Kanelo ikkinchi o'rta vazndagi barcha kamarlarga egalik qiladi, Bivol bilan jang uning kamarlarini xavf ostiga qo'yadi. Alvares umumiy to'rtta vazn toifasida chempionga aylandi, jumladan yarimog'ir vazn toifasida. Bunday yulduz bokschi bilan jang qilish — Bivol uchun bir umrlik imkoniyat. Dmitriy faoliyatidagi eng katta gonorarni olishini aytib o'tdi — Alvaresning deyarli barcha raqiblari bilan shunday bo'ladi.

Bo'lajak jangda Bivol autsayder, bunga shubha yo'q va bu adolatli. Uzoq vaqt davomida boshqa bir rus — Artur Beterbiev Kaneloga raqiblik qildi. Dog'istonning mag'lubiyatsiz nokautchisi Kaneloga Bivoldanda xavfliroq raqib hisoblangan. Misol uchun, Gennadiy Golovkinning sobiq murabbiyi (Alvares bilan ikki bor to'qnash kelgan bokschi) Beterbiev Alvaresni mag'lub eta olishiga ishonchi komil.

"Ayni paytda Alvaresni to'xtatishi mumkin bo'lgan uch nafar bokschi bor deb hisoblayman. Ulardan biri — Beterbiev. U kuchli. Uni to'xtatib qolish uchun kaltak bilan urish kerak. Qolgan ikkitasi — Benavides va Golovkin. Agar Golovkin avvalgi formasiga qaytsa, Saulni mag'lub eta oladi", - deya takidlagan Abel Sanches.

Bivol sankciyalar tufayli jangdan chetlatilishi mumkin: Dmitriy Ukrainada tinchlik o'rnatilishi kerakligi haqida gapirdi, ammo aka-uka Klichkolar AQSHdan uning janglarini taqiqlashni talab qilmoqda

Bivol-Kanelo jangi uzoq vaqtdan buyon muhokama qilinmoqda va butun dunyo bo'ylab muxlislar jangni intiq bo'lib kutishmoqda. Bivolning hisobida professional boksda qo'lga kiritilgan 19 g'alaba mavjud, 2017 yilda u WBA kamari sohibiga aylangan. Ammo so'nggi voqealardan kelib chiqqan holda, jang bo'lib o'tishiga ishonch yo'q — ko'plab rossiyalik sportchilarga sankciya qo'yilgan. Dmitriy buni tushunadi, u jang tashkillashtirilishiga umid qiladi:

"Hammasini tushunaman, ammo bu sodir bo'lmasligiga ishonaman. Bu jangni tashkillashtirishdan ko'plab manfaatdor tomonlar borligiga ishonaman. Ko'pchilik muxlislar bu jangni ko'rishni xohlaydi. Hatto Alvaresning muxlislari ham o'z kumirining yarimog'ir vazn toifasidagi chempionlik uchun kurashini ko'rishga qiziqishadi. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi. WBA ham jangni o'tkazishdan manfaatdor. Alvaresning titul uchun jang qilishi har qanday tashkilot uchun manfaatlidir".

Kanelo-Bivol jangi 7 may sanasida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bir hafta avval San-Diegoda bokschilar matbuot anjumanini o'tkazishdi.

Ukrainadagi vaziyat tufayli promouterlarga bosim kuchayib bormoqda. Ko'pchilik Bivolning jangini bekor qilishni talab qilmoqda, chunki boshqa sport turlarida rossiyaliklar allaqachon musobaqalardan chetlashtirilib bo'lingan. Aka-uka Klichkolar AQSH hukumatidan rossiyalik bokschining chiqishini taqiqlashni so'ramoqda. SHu bilan birga, Bivol hozirda jang o'tkaziladigan davlat — AQSHda mashg'ulot olib boryapti.

"Bu bokschi Amerikada jang qilishi taqiqlanishi kerak. Xuddi barcha rossiyalik sportchilarga xalqaro musobaqalarda qatnashish taqiqlanganidek", - deya takidlagan Vitaliy Klichko.

SHu bilan birga, Bivol — siyosatdan yiroq, umuman kamdan-kam hollardagina gapiradigan, kamtar sportchi. Ammo Ukrainadagi voqealardan so'ng u mamlakatda tezroq tinchlik o'rnatilishi kerakligi haqida gapirdi.

"Ukrainada do'stlarim ko'p. Rossiyada ham do'stlarim ko'p. Oilam Rossiyada. Juda qayg'udaman. Har kuni uyqudan turib, buning tugashiga umid qilaman", - deya takidlagan Bivol. Keyinroq Kanelo bilan jangning siyosatga hech qanday dahli yo'q ekaniga ishontirdi:

"Men sport bilan shug'ullanaman, siyosat bilan emas. Bu ikki bokschi o'rtasidagi jang, va buni boshqa voqealarga aloqasi bor deb o'ylamayman. O'ylaymanki, ko'pchilik bu fikrga qo'shiladi”.

Ammo pessimizm uchun sabab bor: kamari xavf ostida bo'lgan WBA — Butunjahon boks associaciyasi allaqachon rossiyaliklarga qarshi sankciyalar kiritgan. 1 mart sanasida WBA vaqtinchalik o'z reytinglaridan rossiya va belaruslik bokschilarni chiqarib tashladi. Faqatgina amaldagi chempionlar o'z maqomlarini saqlab qolishdi — shu tufayli Bivol reytingda qoldi. Qolgan rossiyalik bokschilarning ism-shariflari allaqachon ro'yhatlardan o'chirilgan. SHu bilan birga WBA Ukrainadagi vaziyatga qarab, qaror har oy qayta ko'rib chiqilishini takidladi.

Bivolning jangi tashkillashtiriladimi, yo'qmi aniq emas — u mashg'ulotlarni davom ettiryapti, ammo uni hozircha faqatgina chempionlik maqomi qutqarib turibdi. Jamoatchilik bosimi oshib boryapti, WBA esa allaqachon rossiyaliklarga qarshi sankciya kiritishga tayyorligini ko'rsatgan. Bivolga jang qilishga ruxsat berilgan taqdirda ham ringda Rossiya bayrog'ini ko'rishimiz yoki madhiyasini eshitishimiz dargumon.

Biroq, boks — bu individual sport turidir, bokschilar terma jamoa azosi emas (olimpiadada bo'lgani kabi). SHunday ekan, milliy ramzlarning yo'qligi muammo emasdek. Yana bir mamnun qiladigani, Bivol allaqachon AQSHda, endi unda mamlakatga kirishi uchun vizalar muammosi bo'lmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing