14 okt 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo-Smit. CHiptalar sotuvidan 5 mln. dollar foyda ko'rildi
Saul “Kanelo” Alvares hamda Liam Smit o'rtasidagi jang uchun chiqarilgan chiptalar sotuvidan ko'rilgan foyda miqdori elon qilindi.
Ushbu chempionlik jangi 17 sentyabr kuni AQSHning Texas shtati Arlington shahridagi AT&T Stadium arenasida bo'lib o'tgan edi. Mazkur stadion o'z bag'riga 51 240 tomoshabini sig'dira oladi.
Jang uchun chiqarilgan 46 115ta chipta sotilgan bo'lsa, 5 125 dona chipta bepul tarqatilgan edi. CHiptalar sotuvidan ko'rilgan foyda 5 037 900 dollarni tashkil qildi. HBO telekanali hamda homiylardan kelgan foyda ulushi 9 million dollardan iborat.
Malumot uchun, Alvaresning ushbu jang uchun kafolatlangan gonorari 3 mln. dollarni tashkil qiladi. Qo'shimcha bonuslarni xisoblasa, Saul o'z hamyonini yana 2-3 million dollarga boyitib olishi kutilmoqda. Ushbu jangda Alvares raqibini nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar