23 jan 17:12
Yangiliklar
Futbol
Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan 2030 yilgacha shartnomasini uzaytiradi
Braziliya futbol konfederaciyasi va mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hamkorlikni uzaytirish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi.
Yangi shartnoma 2030 yilgi Jahon chempionati yakunlanguniga qadar amal qiladi.
Oktyabr oyida boshlangan muzokaralar yil oxiriga kelib muvaffaqiyatli yakunlangan va italiyalik mutaxassis taklif etilgan shartlarga rozilik bildirgan.
Anchelotti tatildan so'ng 22 yanvar kuni Rio-de-Janeyroga qaytadi. Rasmiy shartnomani imzolash esa fevral oyining dastlabki haftalariga rejalashtirilgan.
Ayni paytda Karlo Anchelottining yillik maoshi taxminan 10 million evroni tashkil etib, bu ko'rsatkich milliy terma jamoalar bosh murabbiylari orasida eng yuqorisi hisoblanadi.
Havola :
Manba : Globo
Fikrlar