23 mar 08:04
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaras Mayami "Masters"dan "uchib" ketdi
Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaras kutilmaganda Mayami "Masters" turniridagi ishtirokini yakunladi.
Ispaniyalik tennischi uchinchi davrada ATP reytingida 36-pog'onada borayotgan amerikalik Sebastyan Kordaga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi - 3/6, 7/5, 4/6. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Karlos oldinda bormoqda - 4:2.
Ikki soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda Alkaras 2, Korda 12 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Breyklar bo'yicha amerikalik tennischi ustunlik qildi - 3 ga 2. Kordaning to'rtinchi bosqichdagi raqibi Karen Xachanov (Rossiya) - Martin Landaluse (Ispaniya) uchrashuvida aniqlanadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar