03 sen 09:38
Yangiliklar
Tennis

Karlos Alkaras US Open turnirining ilk 1/2 finalchisi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaras tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Ispaniyalik tennischi 1/4 finalda ATP reytingida 21-pog'onada borayotgan chexiyalik Irji Lexechkani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/2, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida Karlos oldinda bormoqda - 3:1.
Ikki daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Alkaras 5, Lexechka 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik ham g'olib tennischi tomonida bo'ldi. Karlosning 1/2 finaldagi raqibi Novak Jokovich va Teylor Fric o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar