20 fev 10:09
Yangiliklar
Tennis

Karlos Alkaraz Dohadagi turnir 1/4 finaliga chiqdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha ATP 500 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz ikkinchi davrada reytingning 85-pog'onasida borayotgan italiyalik Luka Nardini qiyinchilik bilan uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 4/6, 6/3. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 3, Nardi 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 5 ga 2. Endi Karlos dunyoning 25-raketkasi Irji Lexechkga qarshi kortga chiqadi. CHexiyalik tennischi ikkinchi bosqichda vengriyalik Fabian Marojandan 6/4, 6/2 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar