12 apr 13:52
Yangiliklar
Tennis

Karlos Alkaraz Monte-Karlo "Masters" 1/2 finalida!
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz tennis bo'yicha Monte-Karlo "Masters" turniridagi yurishini davom ettirmoqda.
Ispaniyalik tennischi 1/4 finalda ATP reytingida 15-pog'onada borayotgan franciyalik Artur Fisni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 7/5, 6/3. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ikki soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 3 ta eys, 5 ta breyk qayd etib, 7 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Karlos Alkaraz faoliyatida 10-marotaba "Masters" turnirining yarim finalida o'ynaydi. Uning raqibi vatandoshi Alexandro Davidovich-Fokina bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar