14 apr 10:30
Yangiliklar
Tennis

Karlos Alkaraz Monte-Karlo "Masters" chempioni!
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz "Masters" turnirlaridagi oltinchi sovrinini qo'lga kiritdi.
Ispaniyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 16-pog'onada borgan italiyalik Lorenco Muzettini 3/6, 6/1, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Karlos tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan oldinga chiqib oldi - 5:1.
Bir soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 6 ga 2! Ispaniyalik 21 yoshli tennischi faoliyatidagi oltinchi "Masters", o'n sakkizinchi ATP turnirlaridagi chempionlik sovrinini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar