13 apr 11:20
Yangiliklar
Tennis

Karlos Alkaraz Monte-Karlo "Masters" ilk finalchisi
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz Monte-Karlo "Masters" turnirining bosh sovrini uchun kortga chiqadi.
Ispaniyalik tennischi 1/2 finalda vatandoshi Alexandro Davidovich Fokinani 7/6(2), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Hamyurtlarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Karlos g'alaba qozondi - 2:0.
Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz eys zarbasini ijro eta olmadi. Davidovich Fokinada bu statistik ko'rsatkich 3 tani tashkil qildi. Qo'shxatolar Alexandroda ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Breyklar bo'yicha ustunlik esa 3 ga 2 nisbatida g'olib tennischi foydasiga bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar