17 may 09:49
Yangiliklar
Tennis

Karlos Alkaraz Rim "Masters" finalida o'ynaydi
Italiyaning Rim shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirda finalchilar malum bo'ldi.
Ilk 1/2 final uchrashuvida dunyoning uchinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkaraz ATP reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan italiyalik Lorenco Muzettiga qarshi kortga chiqib, 6/3, 7/6(4) hisobida g'alaba qozondi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Karlos katta farq bilan oldinda bormoqda - 6:1. Ikki soatu uch daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 1 ta eys, 5 ta breykka erishib, 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar