02 iyu 09:17
Yangiliklar
Tennis

Karlos Alkaraz "Rolan Garros" bosh sovrinini ko'zlayapti
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaraz "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Ispaniyalik tennischi to'rtinchi davrada ATP reytingida 13-o'rinni egallab turgan amerikalik Ben SHeltonni to'rt set natijasiga ko'ra qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(8), 6/3, 4/6, 6/4. Karlos tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuvida ham zafar quchdi - 3:0.
Uch soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 5, SHelton 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik Karlos tomonida bo'ldi - 3 ga 2. Alkaraz qatorasiga to'rtinchi yil ham Parij turnirida 1/4 finalga chiqdi. Endi u 1/4 finalda yana bir amerikalik Tommi Polga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar