13 apr 13:05
Yangiliklar

Karlos Alkarazning finaldagi raqibi ham malum
ATP reytingida 16-pog'onada borayotgan italiyalik Lorenco Muzetti hal qiluvchi tay-breykda dunyoning 10-raketkasi avstraliyalik Aleks De Minaurni kambek evaziga mag'lubiyatga uchratdi - 1/6, 6/4, 7/6(4).
Muzetti tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 2:1. Ikki soatu 40 daqiqa davom etgan bahsda Muzetti 2, De Minaur 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik mag'lub tennischi tomonida bo'ldi - 7 ga 5.
Italiyalik 23 yoshli tennischi faoliyatida ilk bor "Masters" turnirlari finaliga chiqdi. Finalda g'alaba qozonsa, dunyoning 10-raketkasiga aylanadi. Mag'lub bo'lgan taqdirda 11-o'ringa ko'tarilib oladi. Uning bosh sovrin uchun bahsdagi raqibi dunyoning uchinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkaraz bo'ladi.
Fikrlar