11 may 13:08
Yangiliklar
Kasper Ruud Rim "Masters"dagi ishtirokini yakunladi
Norvegiyalik tennischi ikkinchi davrada ATP reytingida 58-o'rinni egallab turgan serbiyalik Miomir Kechmanovichga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/0, 4/6, 4/6. Miomir tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi muvozanatni tikladi - 3:3.
Ikki soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda Ruud 6, Kechmanovich 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Kasperda ko'proq bo'ldi - 5 ga 1. Breyklar bo'yicha ham ustunlik Ruud tomonida bo'ldi - 5 ga 4, lekin bu yakunda unga yordam bermadi.
Endi Kechmanovich Rim "Masters" turnirining uchinchi bosqichida Tyago Monteyroga qarshi kortga chiqadi. Braziliyalik tennischi ikkinchi davrada ortiqcha qiyinchiliksiz avstraliyalik Jordan Tompsondan ustun keldi - 6/1, 6/3.
Fikrlar