03 mar 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Kastano - Lara jangida durang, Brayan kamarini o'zida saqlab qoldi
AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangi Brayan Kastano hamda kubalik Erislandi Lara o'rtasida o'tkazilib, unda biroz kutilmaganda durang natija qayd etildi.
Hakamlarning qarori quyidagicha bo'ldi: 115:113 (Kastano), 115:113 (Lara) va 114:114. Durang sabab argentinalik Kastano birinchi o'rta vazn toifasidagi WBA chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Havola :
Fikrlar