29 mar 13:36
Yangiliklar
Tennis

Katya Aleksandrova Miami Open finaliga chiqa olmadi
Sayyoramizning 16-raketkasi Ekaterina Aleksandrova Mayamida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning final ostonasida to'xtatildi.
Rossiyalik tennis malikasi 75 daqiqa davom etgan 1/2 finalda WTA reytingida 53-pog'onadan joy olgan amerikalik Daniela Kollinzga 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Aleksandrova 1, Kollinz 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Endi Kollinz ertaga musobaqa bosh sovrini uchun dunyoning to'rtinchi raketkasi, qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi. Ribakina mukofot jamg'armasi 8 million 995 ming 555 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirning amaldagi vice-chempioni hisoblanadi. U o'tgan yilgi finalda chexiyalik Petra Kvitovaga yutqazib qo'ygandi - 6:7, 2:6.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar