20 iyu 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Kazuto Ioka to'rtinchi vaznda jahon chempioni bo'ldi
Yaponiyada o'tkazilgan professional boks kechasida 30 yoshli Kazuto Ioka o'zi uchun to'rtinchi vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.
Ioka filippinlik 28 yoshli Aston Paliktega qarshi ringga ko'tarildi. Jang birinchi engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBO chempionlik kamari uchun o'tkazildi. Kazuto dekabr oyida aynan shu kamar uchun kechgan jangda Donni Nietesga yutqazgandi.
Nietes shu yilning mart oyida bu kamarni yana vakant qoldirdi. Ioka ikkinchi urinishda nihoyat chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. U raqibini o'ninchi raundda texnik nokautga uchratdi. Bu bilan Ioka to'rtta vaznda jahon chempioni bo'lgan ilk yaponiyalik bokschiga aylandi.
Havola :
Fikrlar