18 iyu 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA

“Kel, mutloq chempionni aniqlaymiz”
Amerikalik bokschi Teofimo Lopes engil vazn toifasida WBA va WBO kamari sohibi Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang qilmoqchi.
“Bu jangni butun dunyo kutmoqda. Lekin yaqin orada bu jang tashkil qilinmaydi, lekin qachondir bizning to'qnashuv bo'ladi. Lomachenko menga qarshi ringga ko'tarilishga rozi bo'lsa, faoliyatidagi eng katta gonorarga ega bo'ladi.
Men uni mag'lub etaman. Loma men bilan jang qilishga juda ham kichkinalik qiladi. U keyingi jangida g'alaba qozonadi, men ham g'alaba qozonaman. Keyin IBF kamari uchun ringga ko'tarilib, chempion bo'laman. Vasiliy, kel, shundan so'ng mutlaq chempionni aniqlaymiz“, - dedi Lopes.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar