29 iyu 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/78465_220.jpg)
“Kempbell bilan qiziqarli jang o'tkazishim aniq”
Engil vaznda WBA va WBO chempionlik kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko Lyuk Kempbellga qarshi bo'lajak jangi haqida fikr bildirdi.
"Maqsadim - engil vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lish! Bu maqsadimga tezroq erishish mumkinligi meni quvontiradi. Lyukka qarshi jangim qiziqarli bo'lishi aniq. Uni havaskor boksdan yaxshi taniyman. Har ikkimiz ham olimpiya o'yinlarida zafar quchganmiz.
Bokschi sifatida unga hurmatim juda baland. Jangimiz Londonda bo'lishi menga yoqmoqda. Londonliklar ajoyib jang guvohi bo'lishlari aniq”, - dedi Loma.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko - Lyuk jangi 31 avgust kuni Londondagi O2 arenasida vakant bo'lib turgan WBC chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar