21 iyu 18:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Kempbell Lomachenko haqida fikr bildirdi
Britaniyalik engil vazn bokschisi Lyuk Kempbell WBA hamda WBO chempioni Vasiliy Lomachenko haqida fikr bildirdi.
"Kuchlilar bilan jang qilish doim ajoyib, ring jahannamga aylanishi aniq. Vasiliy P4P reytingining etakchi ekanligini bilaman, bu esa menga qo'shimcha ishtiyoq beradi. U qanday kuchga ega ekanligidan xabardorman.
Ammo, men ham anoyi emasman. Bu jang faoliyatimdagi eng qiyini bo'ladi, shu sababli men iloji boricha to'liq kuch bilan tayyorlanishga harakat qilaman”, - dedi Kempbell.
Eslatib o'tamiz, Kempbell - Lomachenko jangi 31 avgust kuni Buyuk Britaniyaning London shahridagi O2 arenada bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar