12 may 08:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Kevin Li Makgregorga maslahat berdi
Yarim o'rta vaznda UFC jangchisi Kevin Li Konor Makgregor va Toni Fergyuson jangi haqida fikr bildirdi.
«Hammaning fikricha, Konor qaytganidan so'ng Toni bilan jang qilishi kerak ekan. Lekin mening fikrimcha, bu to'qnashuv mantiqsiz. Agar men Konorning menejeri bo'lganimda, uni Toni bilan jangiga rozi bo'lmagan bo'lardim. Toni bu jangda yutishi aniq. Sababi, uning hozirgi holatida katta janglarda ishtirok etib yutish imkoni yuqori. SHu sababli, Konorga Fergyuson bilan jang qilmaslikni maslahat bergan bo'lardim, chunki u yutqizishi aniq», - dedi Li.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar