26 iyu 16:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Kevin Xolland SHara Bulletning "vyzov"iga "otvet"ni uzoq kuttirmadi
Rossiyalik o'rta vazn toifasi UFC jangchisi SHarabutdin Magomedov amerikalik Kevin Xolland bilan jang qilish istagini bildirgandi.
Bullet 13 iyul kuni AQSHning Denver shahrida bo'lib o'tadigan UFC on ESPN 59 turnirida Xoland bilan to'qnash kelishni xohlayapti.
"Agar bossga bu yoqsa, menga ham maqul, o'ylashimcha hammaga to'g'ri keladi, - deya qisqagina chorlovga javob bergan Xolland.
Malumotlarga ko'ra, 13 iyul kungi turnirda Kevin Xolland Jared Kannonirga qarshi oktagonga chiqishi kerak. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Kannonirni o'rnini egallashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, UFC on ESPN 59 turnirining markaziy jangi ayollar o'ta engil vazn toifasida Rouz Namayunas hamda Treysi Kortez o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar